Xonanda Manzura qachon turmush qurishi haqida gapirdi
Taniqli qoʻshiqchi Manzura Yoʻldosheva hamkasbi Sitora Farmonovaning toʻyida qatnashib, uning yaxshi kunida hamroh boʻldi.
46 yoshli xonanda Manzura oila qurishi haqidagi savollarga qisman javob qaytardi. U faqat yaxshi niyat qilishini aytgan.
Qoʻshiqchi doʻsti, aktrisa Sitora Farmonovaning qiz bazmida qatnashib, ushbu jarayon aks etgan videoni Instagramʼdagi sahifasiga yuklagan.
Muxlislar esa xonandadan oʻzining toʻyi qachon ekani, faqat yonida kuyov bilan koʻrishni xohlashlarini yozib qoldirgan. Manzura ham oʻz navbatida ularga javob qaytargan.
“Ezgu tilaklar uchun rahmat. Kuyov bilan Sitora yashaydi, biz emas. Shu bois uning erini koʻrishimiz ham shart emas,” deb yozgan qoʻshiqchi. U, shuningdek, oʻzining toʻyi haqidagi savollarga yurak shaklidagi emojini yozib qoldirgan.
Manzura (Yoʻldosheva Manzura Muborakovna) — 1978-yil 21-fevralda Toshkent shahrida, rassom Muborak oilasida dunyoga kelgan. 2004-yilning esda qolarli voqeasi: Manzura oʻzining kutilgan birinchi “Bevafo” nomli yakkaxon konsertini “Turkiston” saroyining yozgi binosida oʻtkazgan.
U intervyularidan birida yolgʻizlikdan zerikkani, yosh koʻrinishi sababi va nogiron jonivorni parvarishlashi haqida gapirib bergandi. Men ham oddiy ayolman, albatta yolgʻizlikdan zerikaman. Lekin bu qazoyi qadar. Alloh bergan taqdir. Shu qazoyi qadarni men qabul qilib, shukr qilib yashashim kerak, degan xonanda.