30.09.2025
Zarina Nizomiddinova “haddan tashqari ochiq” ko‘ylagi tufayli tanqidga uchradi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Mashhur aktrisa Zarina Nizomiddinova yangi videosini e’lon qilganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga duch keldi.
Aktrisa o‘z Instagram sahifasida video lavhani joylashtirib, o‘z qiyofasini namoyish etdi. U bazmga kiyib borgan ko‘ylagini muxlislariga taqdim etdi.
Tasvirlarda Zarina ko‘krak qismi nisbatan ochiq bo‘lgan uzun qora ko‘ylakda ko‘zga tashlandi. Uning obrazi zamonaviy sumkacha va bilagidagi soat bilan to‘ldirilgandi. Aktrisa sochlarini erkin yoyib qo‘ygan.
Video ostidagi izohlar bo‘limida foydalanuvchilar aktrisaning libosini jamoat oldida ko‘rinish uchun haddan ziyod ochiq deb hisoblashib, norozilik bildirdi, bu esa salbiy fikrlar to‘lqinini keltirib chiqardi.