Xonanda Ruxshona ikkinchi marta turmushga chiqdi
30 yoshli xonanda Ruxshona Mahmudova ikkinchi marta oila qurdi. Nikoh marosimi 30-sentyabr kuni boʻlib oʻtdi.
Qoʻshiqchi nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani storyʼga joylab, bu hazil yoki kino emas, balki rostligini yozib qoldirgan.
“Xullas, shunaqa yangilik. Tabriklarni qabul qilamiz va familiyani oʻzgartiramiz. Men ham baxtli boʻlishga haqqim borku, toʻgʻrimi?”, — deb yozadi xonanda.
Ruxshona 2014-yilda rejissyor Sanjar Matkarimovga turmushga chiqqandi. Ularning bir qiz va bir oʻgʻil farzandi bor. Uzoq davom etgan janjallardan soʻng juftlik 2022-yilda ajrashgan.
Avvalroq xonanda “Omon-omon” koʻrsatuvida bir yil avval ayrim mansabdor shaxslarning nojoʻya takliflari tufayli ikkinchi marta turmushga chiqqani haqida yolgʻon gapirishga majbur boʻlgani haqida aytgandi.