Jud Lou ishtirokidagi “Eden” filmi treyleri taqdim etildi


Global Film tarqatuvchi kompaniyasi “Eden” nomli yangi romantik filmning mahalliy tilda dublyaj qilingan treylerini e’lon qildi. Unda bosh rollarni Jud Lou va Ana de Armas ijro etgan.
Filmni “Oskar” mukofoti sohibi Ron Xovard (“Aql o‘yinlari”) suratga olgan. Syujet 1939-yilda Galapagos orollaridan birida sivilizatsiyadan uzoqda yashashni boshlagan bir guruh odamlar haqida hikoya qiladi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Jamoaga janjalkash Baronessa (de Armas) kelishi bilan muvozanat buziladi. Uning fitnalari va hokimiyatga bo‘lgan ishtiyoqi jannatmakonni azob-uqubatlar va fitnalar maydoniga aylantiradi.
Filmda shuningdek Vanessa Kirbi, Sidney Suini va Daniyel Bryul ham rol ijro etgan. “Eden” filmining dunyo premyerasi 2024-yil kuzida Toronto kinofestivalida bo‘lib o‘tdi.
Tanqidchilar loyihaga turlicha baho berishdi: Rotten Tomatoyes saytida 57 foiz, Metacritic saytida esa 100 balldan 60 ball to‘pladi.