Xonanda Ruxshona oilaviy hayotiga oid katta sirni ochiqladi
Xonanda Ruxshona Instagram sahifasi orqali kuzatuvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berar ekan, turmush oʻrtogʻining birinchi turmushi ekanligini aytib oʻtdi.
30 yoshli xonanda Ruxshona Mahmudova ikkinchi marta oila qurdi. Nikoh marosimi 30-sentyabr kuni boʻlib oʻtgandi.
Qoʻshiqchi oilasi toʻgʻrisida turli savollar koʻpaygani bois muxlislari orasida soʻrovnoma oʻtkazgan va muhim savollarga birma-bir javob qaytargan.
Uning aytishicha, turmush oʻrtogʻi oʻzidan uch yosh katta. Xonanda 30 yoshda, umr yoʻldoshi esa 33 da. Farzandlari uni papa (dada) chaqira boshlagan.
“Xoʻjayinimning faqat bitta oilalari bor. Ular avval uylanmaganlar va bitta xotinlari, yaʼni men va hozircha ikki farzandlari bor”, deb javob qaytaradi qoʻshiqchi.
Ruxshonaning nikoh oqshomi 28-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan. U Ulugʻbek ismli yigitga turmushga chiqqandi. Xonanda 2021-yilning oktyabr oyida rejissyor Sanjar Matkarimov bilan ajrashgan.