“Yandeks stansiyasi”: nimalar qila oladi, kimlarga mos keladi va nima uchun hamma Alisadan juda mamnun?
Agar siz “Yandeks stantsiyasi” shunchaki musiqa kolonkasi deb o‘ylagan bo‘lsangiz, bugungi maqolamizda bu fikringiz qanchalik to‘liq emasligini oshkor qilamiz. “Yandeks stantsiyasi” sizning eng yaxshi do‘stingiz, bolalaringiz uchun enaga, yoshi kattalarga parvarish qiluvchi va yana ko‘p ishlarga qodir kolonkadir. Bundan tashqari, “Alisa” Yangi yil va boshqa bayramlar uchun eng zo‘r sovg‘a. Ishonmasangiz, quyida keltirilgan dalillarni ko‘rib chiqing, bonus sifatida esa Toshkentda “Yandeks stantsiyasini” eng arzon narxda sotib olish mumkin bo‘lgan do‘konni ham taklif qilamiz.
Asosan, gap Alisaning “ichki dunyosi” va uning bajaradigan funksiyalari haqida boradi. “U” (“Ona”) filmi uslubidagi ovozli yordamchiga hammaning qoyil qolishi bejiz emas. Har bir funksiyani Yandeks jamoasi alohida mehr va e’tibor bilan yaratgan, shuning uchun uni kichiklardan tortib kattalargacha hamma qadrlaydi.
Ixtiro qilish
Buning uchun faqatgina “Alisa, kel, biror narsa ixtiro qilaylik” deb aytish kifoya. Alisa siz uchun retseptlar, matnlar, tabriklar va yana ko‘plab narsalarni yaratib beradi. Hatto Alisa sizga o‘z kitobingizni yozishga ham yordam berishi mumkin.
Telefonni topish
Agar yana telefoningizni qayerga qo‘yganingizni unutgan bo‘lsangiz, Alisaga “Telefonimni top” deb ayting. U sizning (akkauntga biriktirilgan) raqamingizni terib, telefonni tovushiga qarab uni topadi.
Sog‘lom bo‘lish yoki mashq qilish
Bu dangasalar va sportni doim dushanbaga qoldiradiganlar uchun juda mos. Shunchaki “Alisa, tezkor mashq funksiyasini yoq” deb aytsangiz kifoya, u esa dinamik musiqalar ostida qisqa mashqlar kompleksini qanday bajarishni tushuntirib beradi.
Kaloriyalarni hisoblash
Buning uchun “Aqlli kaloriya hisoblagichidan foydalanib, ... nomli taomni hisobla” deb ayting. Alisada o‘rnatilgan kaloriya hisoblagichi yordamida “Tsezar salati”, “Margarita” pitssasi yoki somsa kabi taomlarning kaloriya miqdorini tezda bilib olishingiz mumkin. Shuningdek, u KFC kabi tarmoq restoranlarining menyusidagi barcha taomlarni ham biladi.
Xaridlar ro‘yxatini tuzish
Bu funksiya bozor yoki supermarketga borib xarid qilish jarayoningizni ancha osonlashtiradi. Shunchaki esingizga kelgan barcha mahsulotlarni “Alisa, xaridlar ro‘yxatiga ... mahsulotini qo‘sh” deb ayting. Barcha mahsulotlarni esa keyin telefoningizda ko‘rishingiz mumkin.
Rejalashtirish va ishlarni bajarish
Alisa – sizning shaxsiy yordamchingiz, u hech qachon sizdan ovqat yoki maosh talab qilmaydi. Har qanday vaqtda ertangi rejalaringiz haqida unga ayting, u ularni jadvalga kiritadi. Shuningdek, eslatmalarni qo‘yish va tugallangan vazifalarni bajarildi deb belgilashi ham mumkin.
Taom tayyorlash
Alisa – internetdagi retseptlar xazinasi. Agar siz sharlotka yoki palovni qanday tayyorlashni bilmasangiz, Alisani chaqiring. U kerakli ingredientlarni aytib beradi va barcha tayyorlash jarayonida siz bilan su-shef kabi birga bo‘ladi.
Qo‘shiqlarni shazam qilish
Yoki musiqalarni tanib olish. Agar siz shunchaki biror qo‘shiq yoki Instagram relslaridagi biror musiqani taniy olmasangiz, agar uning ulkan katalogida bo‘lsa – Alisa uni ham aniqlaydi.
Meditatsiya qilish va tabiat tovushlarini tinglash
Agar ish kunidan keyin tinchlanishni xohlasangiz, Alisaga meditatsiya qilishni taklif qiling. Keyin u 10 daqiqalik meditatsiyani xuddi yoningizda mavjud bo‘lgan diktor kabi nimani qanday qilish kerakligini aytib boshlaydi. Shuningdek, Alisa istagan vaqtingizda tabiat tovushlari: qushlarning sayrashidan to yomg‘irning ovoziga qadar turli tovushlarni yoqishi mumkin.
Radio-enaga funksiyasi
Radio-enaga funksiyasi ota-onalar uchun haqiqiy qutqaruvchi. “Yandeks stantsiyasi” orqali bola uyg‘ongani, to‘ntarilgani, yig‘laganini bilib olishingiz mumkin. Shuningdek, u alla qo‘shiqlarini ham qo‘yishi mumkin.
Imlo va hisoblashni tekshirish
Alisada o‘rnatilgan kalkulyator va lug‘at mavjud. U sizga istalgan so‘zni harflarga bo‘lib o‘qib beradi, shuningdek, matematik formulalarda ham yordam beradi. Bu funksiya o‘quvchilarga juda foydali bo‘ladi.
Tarjima qilish
Alisada “Yandeks tarjimon” mavjud! U alohida so‘zlar va jumlalar bilan ishlaydi. Bu boshqa tilni bilmaydigan odamlar bilan tezda, masalan, suhbat yoki ish uchrashuvida gaplashishingizga yordam beradi.
Muhim ma’lumotlarni aytib berish
Agar Alisaga “Yangiliklar”ni yoqishni so‘rasangiz, u albatta eng muhim ma’lumotlar, jumladan, ob-havo prognozi, yo‘ldagi tirbandliklar va eng muhim yangiliklarni taqdim etadi.
Uyg‘otish
Eng zarur funktsiyalardan birini yakuniga qoldirdik. Alisa sizni oddiy uyg‘otibgina qolmay, balki sizning sevimli qo‘shiq yoki melodiyangiz ostida uyg‘otadi. Shunchaki unga “Bethovinning 5-sinfoniyasi yoki Lolaning sevimli qo‘shig‘ini qo‘yishini so‘rang.
“Yandex Stansiyasi” kimlarga kerak?
Agar Alisaning funktsiyalari va imkoniyatlarini umumlashtirsak, “Yandeks stantsiyasi” quyidagi yaqinlaringiz uchun Yangi yilga eng zo‘r sovg‘a bo‘ladi:
- Yosh ota-onalar
- Maktab o‘quvchilari va talabalar
- Keksa odamlar
- Musiqa ixlosmandlari
- Mazali taom iste’mol qilishni xush ko‘radiganlar
- Uy bekalari
- Biznesmenlar
- Kontent yaratuvchilar
- Ozishni istovchilar va sportchilar
Umuman olganda, hamma-hammaga. Chunki bir marta Alisani ishlatib ko‘rganingizdan so‘ng, uni hech qachon qo‘yib yubormaysiz. Axir u shunchaki ovozli yordamchi emas, balki hech qachon qiyin paytlarda sizni yolg‘iz qoldirmaydigan haqiqiy do‘stdir.
“Yandeks stantsiyasini” eng jozibali narxda sotib olishni bugunoq rejalashtiring, ertaga bunday chegirmali narxlar bo‘lmasligi mumkin.