верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Yandex Uzbekistan Market marketpleysini ishga tushirdi
08.04.2025 (yangilandi 09.04.2025)

Yandex Uzbekistan Market marketpleysini ishga tushirdi

Yandex Uzbekistan Market marketpleysini ishga tushirdi

Yandex Uzbekistan Market marketpleysini ishga tushirgani haqida xabar berdi. U allqachon “Yandex Go” ilovasida mavjud.

Xizmatning oʻziga xos jihatlari orasida “bir bosishda” yetkazib berishning yangi formati, boʻlib toʻlash imkoniyati, shuningdek, “Yandex Factory” — kompaniyaning shaxsiy ishlab chiqarish yoʻnalishi mahsulotlari bor. Ayni paytda Market Toshkent shahri va qisman Toshkent viloyatida faoliyat yuritmoqda.

Marketʼda elektronika, maishiy texnika, uy-roʻzgʻor va taʼmirlash buyumlari, kiyim-kechak va poyabzal, hamda goʻzallik mahsulotlarini xarid qilish mumkin. Marketpleys, shuningdek, xaridorlarga shaxsiylashtirilgan mahsulotlar toʻplamini taklif etadi. Xizmat orqali tovarlarni xususiyatlari va narxlari boʻyicha taqqoslash imkoniyati mavjud.

Marketpleys bilan bir qatorda, kompaniya oʻzining Yandex Factory ishlab chiqarish yoʻnalishi mahsulotlarini ham taqdim etdi. Bu yoʻnalish elektronika va maishiy texnikadan tortib bolalar oʻyinchoqlarigacha boʻlgan turli toifadagi tovarlarni yaratish va ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Marketpleysda yettita oʻz savdo belgisi ostidagi mahsulotlar mavjud: Lunnen kompyuter texnikasi, Commo elektronika aksessuarlari, Tuvio uy jihozlari, Pragma uy-roʻzgʻor buyumlari, Junion bolalar tovarlari, Cubits masofadan boshqariladigan oʻyinchoqlar va Nocord elektr asboblari.

Market orqali mahsulotlarni buyurtma berish punktiga yoki kuryer orqali yetkazib berishni buyurtma qilishingiz mumkin. Hozirda 60 ta buyurtma tarqatish punkti faoliyat yuritmoqda, yil oxirigacha ularning soni butun mamlakat boʻylab 250 taga yetadi.

Marketpleysda yetkazib berishning yangi formati ham joriy etilgan — “bir bosishda”. Bunda buyurtma avval mini-omborga (Lavka xizmatining eng yaqin darkstoriga) kelib tushadi va foydalanuvchiga buyurtma yetkazib berish uchun tayyor ekanligi haqida xabarnoma yuboriladi. Qulay vaqtda xaridor oʻz mahsulotlarini 15 daqiqa ichida qoʻlga kiritishi mumkin. “Bir bosishda” yetkazib berishga Lavkadan mahsulotlar va boshqa tovarlarni qoʻshish mumkin, ular Market buyurtmasi bilan birga yetkazib beriladi.

Buyurtma tarqatish punktiga va “bir bosishda” yetkazib berish barcha buyurtmalar uchun bepul, kuryerlik xizmati esa 1 million soʻmdan yuqori buyurtmalar uchun bepul boʻladi.

Buyurtma uchun toʻlovni ilova yoki veb-saytdagi karta orqali, shuningdek, naqd pul yoki buyurtma berish punktidagi karta orqali amalga oshirish mumkin. Yandex Split xizmati orqali boʻlib toʻlash imkoniyati ham mavjud. Bu xizmat bilan xaridor dastlab tovarlar qiymatining bir qismini toʻlaydi, qolgan summa esa jadval boʻyicha biriktirilgan kartadan yechib olinadi. Hozirda foydalanuvchilar 2, 4 va 6 oyga boʻlib toʻlash imkoniyatiga ega.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.