15.08.2025
“Uenzdey” serialining ikkinchi mavsumi yarmi treyler taqdim etildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Yaqinda bergan intervyularidan birida bosh rolni ijro etuvchi Jenna Ortega tomoshabinlarga kamida bitta slasher uslubidagi qism va mashhur dahshatli filmlarga ko‘plab ishora va’da qildi.
Mavsumning ikkinchi qismi Uillou Xill ruhiy kasalliklar shifoxonasi yerto‘lasidagi sirli ayolning shaxsini ochib beradi, Inid bilan nima sodir bo‘lgani va zombi Xlyup qanday ahamiyatga ega bo‘lishi haqida hikoya qiladi.
Luis Gusman, Ketrin Zeta-Jons, Stiv Bushemi, Billi Payper, Tandive Nyuton, Kristofer Lloyd, Ledi Gaga va Entoni Maykl Xoll o‘z rollariga qaytishdi.
Premyera 3-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.