РУ
O’Z
UZS
/
/
“K-pop jin ovchilari” Netflix tarixidagi eng mashhur filmga aylandi
27.08.2025

“K-pop jin ovchilari” Netflix tarixidagi eng mashhur filmga aylandi

“K-pop jin ovchilari” Netflix tarixidagi eng mashhur filmga aylandi

Netflix striming xizmati “K-pop jin ovchilari” animatsion filmi rekord ko‘rsatkichlarini qayd etdi. Loyiha endi platformada eng ko‘p tomosha qilingan asar bo‘lib, u tomoshabinlar tomonidan 236 million marta ko‘rilgan.

Multfilmdan keyingi o‘rinlarda “Qizil ogohlantirish” (230 mln ko‘rish), “Qo‘l yuki”, “Yuqoriga qaramang” va “Adam loyihasi” joylashgan. “Ovchilar” o‘tgan hafta AQSH kinoprokat reytingida ham peshqadamlik qilib, 18-20 million dollar atrofida daromad keltirgan. Bu Netflix filmi prokat yetakchisiga aylangan tarixdagi birinchi holat hisoblanadi.

Multfilm syujeti sahnada porlab, stadionlarni to‘ldiradigan mashhur koreys K-pop guruhi Huntrix a’zolari haqida hikoya qiladi. Bo‘sh vaqtlarida qizlar sehrli qo‘shiqlar va raqs san’ati yordamida jinlarni ovlaydilar hamda parallel olamdan kelgan begonalar bilan kurashadi. Kuchlar muvozanati Saja Boys nomli yigitlar guruhi paydo bo‘lganda buziladi.

Tanqidchilar filmni zavq bilan baholadilar: Rotten Tomatoes saytida 97%, Metacritic saytida 100 balldan 76 ball olgan. Ommaviy axborot vositalari uning davomi ishlab chiqilayotgani haqida xabar berdi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.