/
/
Yangi “Kapitan Amerika” filmining tizeri eʼlon qilindi
13.07.2024

Yangi “Kapitan Amerika” filmining tizeri eʼlon qilindi

Marvel studiyasi “Kapitan Amerika: Jasur yangi dunyo” komiks filmining debyut tizerini chiqardi. Film 2025-yil 14-fevralda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Yangi “Kapitan Amerika” filmining tizeri eʼlon qilindi

Filmda bosh rolni Entoni Maki ijro etgan. Syujetga koʻra, Kapitan Amerika unvoni Sem Uilson/Lochinga oʻtadi.

Endi qahramonning Qasoskorlar jamoasi va butun dunyo oldida yangi majburiyatlari bor. Filmda shuningdek, Harrison Ford, Jankarlo Esposito, Liv Tayler, Denni Ramires, Shira Haas va boshqalar rol ijro etgan.

“Jasur yangi dunyo” filmining byudjeti qayta suratga olishlar tufayli 300 million dollardan oshib ketdi. Kris Evans ishtirokidagi birinchi trilogiya 2011-yilda boshlangan va butun dunyo boʻylab 2,236 milliard dollar yigʻgan.