/
/
Yangi “Supermen” filmini suratga olish ishlari yakunlandi
31.07.2024

Yangi “Supermen” filmini suratga olish ishlari yakunlandi

Rejissor “Supermen” komiks filmini suratga olish jarayoni yakunlanganini maʼlum qildi. Yangi versiya 2025-yil 11-iyulda chiqariladi. Supermen va uning alter egosi Klark Kent rolini Devid Korensvet ijro etgan.

Yangi “Supermen” filmini suratga olish ishlari yakunlandi

Rejissor Jeyms Gann “Supermen” komiks filmini suratga olish jarayoni yakunlanganini maʼlum qildi. Yangi versiya 2025-yil 11-iyulda chiqariladi.

“Ana xolos. Fidoyiligi, ijodi va mashaqqatli mehnati bu loyihani hayotga tatbiq etgan aktyorlar va ekipajimizni tashakkurlar izhor qilaman. Yaxshiliklari bir muncha kam boʻlmagan dunyodagi yaxshi odam haqida film ishlashga qaror qildim.

Har kuni suratga olish maydonchasida koʻrsatilgan mehribonlik va muhabbat meni ilhomlantirdi va eng ilojsiz vaqtlarda ham oldinga yurishga undadi.

Barchangizga chin yurakdan rahmat. Bu men uchun sharaf. Maqsad Supermen edi, lekin bu sayohat kulgi, his-tuygʻular, gʻoyalar va suratga tushish bilan toʻla mashaqqatli ish boʻldi va buning uchun men doimo minnatdorman”, — deb yozdi Gann ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Supermen va uning alter egosi Klark Kent rolini Devid Korensvet (“Gollivud”, “Marvarid”) ijro etgan. Loyihada, shuningdek, Reychel Brosnaxan (Lois Leyn), Nikolas Xoult (Leks Lyuter), Neytan Fillion, Izabella Mersed, Milli Olkok va boshqalar ishtirok etgan.