14.12.2024
Yil yakuniga koʻra Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi eʼlon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Abbosbek Fayzullayev 2024-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Moskva SSKA yarimoʻyinchisi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi bu maqomga ketma-ket ikkinchi yil erishmoqda.
Bu yil ushbu unvonga “Navbahor” darvozaboni Oʻtkir Yusupov va Fransiyaning “Lans” jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham daʼvogarlik qilishgan.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining bosh murabbiyi Timur Kapadze yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.
Darvozabon Muhammadyusuf Sobirov yosh oʻyinchilar orasida eng yaxshi futbolchi, hujumchi Diyora Habibullayeva esa ayollar orasida eng yaxshi futbolchi deb topildi.
O‘xshash mavzular
“PSJ” va “Bavariya” chorak finalda to‘qnashadi — Klublar o‘rtasidagi JCHda juftliklar e’lon qilindi
Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” va “Borussiya” chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Futbol bo‘yicha 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng go‘zal muxlis qizlar: go‘zallik tanloviga munosib suratlar