РУ
O’Z
UZS
/
/
Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
22.01.2025

Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

“Sloveniyalik murabbiy o‘z murojaatida hozirgi holatida vazifalarini to‘laqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qo‘llab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanesga terma jamoamiz boshqaruvidagi mehnatlarini uchun minnatdorchilik bildiradi. Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi.

O‘FA hamda Srechko Katanes o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro do‘stona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilindi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib bormoqda”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.