Yulduz Usmonova qanday bizneslar bilan shug‘ullanadi? Batafsil ma’lumot


Xonanda Yulduz Usmonova uzoq yillik san’atkorlik faoliyati davomida biznes bilan shug‘ullanishga ulgurgan va rostan ham muvaffaqiyatga erishgan bir qancha korxonalar egasi hisoblanadi.
O‘zbek primadonnasi Yulduz Usmonovaning Navoiy viloyatida joylashgan My Yumurta nomli tovuq fermasidagi tovuqlar xonandaning musiqalarini eshitib tuxum qo‘yishar ekan.
Tuxumlar asosan Navoiy bozorida sotiladi. “Tovuq yetti xazinaning biri, oson deb o‘ylaganlar, tuxum o‘z-o‘zidan dunyoga kelmaydi, buni chaqaloq katta qilganday yetishtiramiz”, deydi Yulduz.
Bundan tashqari, Mymed nomli zamonaviy tibbiyot markazi ham Usmonovaga tegishli bo‘lib, 2021-yildan buyon bemorlar dardiga darmon bo‘lib kelmoqda. Xonandaning aytishicha, ushbu klinika uchun juda katta pul tikilib, Hindiston va Turkiyadan uskunalar olib kelingan.