РУ
O’Z
UZS
/
/
12 daqiqada Oʻzbekiston boʻylab VR-sayohat qilamiz
28.10.2024

12 daqiqada Oʻzbekiston boʻylab VR-sayohat qilamiz

12 daqiqada Oʻzbekiston boʻylab VR-sayohat qilamiz

Tashkent City bogʻidagi “Parvozli teatr” noodatiy sayohat taklif qiladi: qush parvozi balandligida Oʻzbekiston boʻylab 12 daqiqali virtual sayr. Ushbu interaktiv teatr bogʻning kirish darvozasi qarshisidagi “Yulduzlar muzeyi” binosida joylashgan.

Buning barchasi 7D oʻlchamli ekran va maxsus kursilarda amalga oshiriladi, bunda tomoshabin odatiy teatrlardek oʻtirmaydi, kursi ham havoda boʻlib, u turli harakatlar bilan qoʻshimcha reallik effektini berib turadi.

Bu Oʻzbekistondagi ilk mana shu turdagi teatr boʻlib, bundaylardan butun dunyo boʻylab atigi 22 ta bor. Ushbu teatrda ikkita “spektakl” bor: biri Toshkent, ikkinchisi butun Oʻzbekiston boʻylab. Seanslar 12−15 daqiqa davom etadi.

Endi asosiy ma’lumotlarga keladigan boʻlsak: “Parvozli teatr”ga kirish narxi 120 000 soʻm.

Shuningdek, majmuada aksiya amal qiladi: muzey (50 000 soʻm) va planetariyga (80 000 soʻm) chipta sotib olsangiz, 130 000 emas, 110 000 soʻm boʻladi.

Muzey (50 000 soʻm) va teatrga (120 000 soʻm) olsangiz, ikkita chipta sizga 150 000 soʻmga tushadi.

Birdaniga uchchalasiga ham chipta sotib olsangiz, aksiya doirasida bu 200 000 soʻm boʻladi (aksiyasiz 250 000 soʻm).