РУ
O’Z
UZS
/
/
15-aprel kuni havo harorati 30 darajadan oshadi
14.04.2025 (yangilandi 14.04.2025)

15-aprel kuni havo harorati 30 darajadan oshadi

15-aprel kuni havo harorati 30 darajadan oshadi

“Oʻzgidromet” 15-aprel, seshanba kuni respublika boʻylab kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 14-19° boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.