200 dollargacha bo‘lgan sovg‘alar: Yangi yil uchun ajoyib g‘oyalar to‘pladik!
Yaqinda biz qiymati 100 dollargacha bo‘lgan sovg‘alarning qiziqarli variantlarini o‘rgangan edik. Endi 200 dollar atrofida sotib olish mumkin bo‘lgan texnikani ko‘rib chiqamiz. Barcha qurilmalar sovg‘a oluvchilarga yoqishi aniq, shunday ekan, buyurtma berishga shoshilamiz! Tovarlar tavsifdagi havolalar bo‘yicha mavjud.
Apple simsiz quloqchinlari
Bu yil Apple AirPodsning asosiy modelini yangiladi: uchinchi avlod o‘rniga to‘rtinchisi keldi. Faqat iPhone bilan ishlaydigan Apple Watch soatlaridan farqli o‘laroq, quloqchinlardan istalgan qurilma - noutbuk, planshet va Android smartfonlarida ham foydalanish mumkin.
Shunday qilib, AirPodsni nafaqat “olmali” muxlisiga sovg‘a qilish mumkin. Qolaversa, AirPods juda yaxshi jaranglaydi, muhimi - vaqt o‘tishi bilan ularni quloqlarda sezmay qolasiz. Bitta quvvatlashda AirPods 4 taxminan 4-5 soat ishlaydi va keys yana to‘rtta to‘liq quvvatlashni ta’minlaydi.
Shunigdek ushbu avlodda AirPods 4 - oddiy model va faol shovqin bostiradigan ikkita versiyaga bo‘lingan. Ikkinchisi albatta qimmatroq turadi, lekin biz ko‘rsatgan narxga deyarli mos keladi.
Aerogril
Agar kimdir ovqat pishirishni bilmasligini yoki yoqtirmasligini aytsa, bu oshxonada zamonaviy va qulay jihozlar yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, aerogrilni olaylik. Bu buyum juda ham foydali - u sizning vaqtingizni tejash bilan birga, sog‘lom ovqatlanish nuqtai nazaridan ham kerakli (ovqat tayyorlash uchun hatto yog‘ ham kerak emas).
Ishlash tartibi juda oddiy: ovqat tayyorlash sirtni qizdirish hisobiga emas, balki issiq havoning aylanishida amalga oshadi. Idishga mahsulotlarni soling (aytaylik, tovuq go‘shti, to‘g‘ralgan kartoshka), idish qopqog‘ini yoping, uni yoqing - va taxminan 30-40 daqiqa o‘tib, bir qancha to‘yimli porsiyaga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, taom suvliligicha qoladi, yuqori harorat mahsulotlarni quritib qo‘ymaydi.
Philips Air Fryerni ko‘zdan kechirishingiz mumkin - 6,2 litr sig‘imga ega idish hattoki katta oila uchun ham taomni tezda tayyorlash imkonini beradi. Barcha dasturlar avtomatlashtirilgan, variantlardan birini tanlashning o‘zi kifoya - qolganini texnika o‘z zimmasiga oladi. Shuningdek, Philips mexanik boshqaruv versiyasiga ham ega - u yerda hajmi 4,1 litr bo‘lgan konteyner mavjud.
Boshqa mashhur brendlar orasida Trouver va Xiaomi yechimlari mavjud. Ixcham Xiaomi Mi Smart Air Fryer (3,5 litr) aerogrili oshxonada ko‘p joy egallamaydi va 1-2 kishi uchun taom tayyorlashga juda mos keladi. Trouver AeroChef FD10 Pro (6 litr) modelida esa bir vaqtning o‘zida to‘rt kishiga taom tayyorlash mumkin.
Aqlli kolonka
Biz “Yandeks Stansiyasi” haqida batafsil ma’lumot bergan edik: har qanday narx segmenti bo‘yicha ushbu qurilmalar uy ishlarida yaxshi yordamchi hisoblanadi - ular yordamida ob-havo ma’lumotini tezda bilib olish, musiqani yoqish, taymerni ishga tushirish, so‘nggi yangiliklarni tekshirish mumkin.
“Yandeks Stansiya 2” - aqlli uyni boshqarish va har qanday janrdagi musiqaning sifatli yangrashi uchun zarur bo‘lgan funksiyalari mavjud bo‘lgan oltin standart. Umuman olganda, uy musiqiy tizimi sifatida birinchi navbatda “2-stansiya”ni ko‘rib chiqsa arziydi. Qolgan hollarda “Midi” yoki umuman “Mini” yoki “Layt” versiyasidan ham foydalanish mumkin. Ammo haqiqatan ham sifatli tovush “Stansiya 2”dan boshlanadi. Shuningdek bu yerda Zigbee aqlli uyini boshqarish markazi ham mavjud.
Changyutgich robot
Mazkur qurilmalar uyda, ayniqsa, uy hayvonlari bo‘lsa, ajoyib yordamchiga aylanadi. Har holda, har kuni changyutgichni yoqib ishlatish juda charchatadigan mashg‘ulot. Lekin tozalikni saqlash uchun harakatlanish - muammoning ajoyib yechimi. Kamiga devayslar sezilarli darajada arzonlashdi va endi ajoyib modellarni 200 dollardan ham arzonroq narxga xariq qilish mumkin.
Masalan, Xiaomi Robot Vacuum S10 makon xaritasini tuza oladi, tozalash yo‘nalishlarini turlicha yaratadi va bir nechta datchiklar tufayli hatto ko‘p mebelli xonada ham adashib qolmaydi. Shuningdek, robot yuza turini hisobga olgan holda nam tozalash imkoniyatiga ega - parket va laminatga ortiqcha suv tufayli ziyon yetmaydi.
Foydalanish mumkin bo‘lgan robotlar orasida E10 modeli ham bor, ammo u makon xaritasini tuzishni bilmaydi va tozalashda biroz kamroq samara berishi mumkin. Ammo, bu muammoli deyish kerak emas.