Binance O‘zbekistonda: qanday qilib birjadan qonuniy va cheklovlarsiz foydalanish mumkin?


Pulbek.uz moliyaviy supermarketi xabar berishicha, 2025-yilda kriptovalyutani sotib olish o‘ylaganingizdan ham osonroq bo‘ldi! Ushbu maqolada BTC sotib olishning xavfsiz usullari, mashhur platformalar va komissiyalarni ko‘rib chiqamiz, shuningdek, risklardan qanday qilib qochish bo‘yicha maslahatlar beramiz.
Binanc O‘zbekistonda ishlaydimi?
2024-yilning boshida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekistondagi Binanc kriptobirjasi faoliyatini rasman ma’qulladi. Biroq mahalliy qonunchilikka ko‘ra, xorijiy kripto-platformalar faqat litsenziyalangan hamkor orqali ishlashi mumkin. O‘zbekistondagi Binans uchun bu vazifani Coinpay bajaradi.
O‘zbekistonda CoinPay orqali Binanceda qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?
Binancedan O‘zbekistonda qonuniy foydalanish uchun uning rasmiy hamkori - CoinPay orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.
- coinpay.uz. saytiga o‘ting.
- "Ro‘yxatdan o‘tish" (Sign Up) tugmasini bosing - tizim sizni avtomatik ravishda Binance xizmatiga yo‘naltiradi.

- Elektron pochtangizni ko‘rsating, ishonchli parol o‘ylab toping va kerakli ma’lumotlarni to‘ldiring.
- Elektron pochtangizga yuborilgan xatdagi ko‘rsatmalarga amal qilish orqali ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlang.

Endi sizning akkauntingiz ishlatishga tayyor!🚀
2. KYC (Know Your Customer) tartib-taomilidan o‘tish
Binancedan foydalanish uchun KYC (Know Your Customer) tartib-taomilidan o‘tib, shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak. Bu rasmiy hujjatlar skanerlari yoki fotosuratlari yordamida shaxsni tasdiqlash (verifikatsiya) jarayonidir.
- Hisobingizga kirib, "Tasdiqlash" bo‘limini oching.
- Pasport yoki ID karta suratini yuklang.
- Biometrik tekshiruvdan o‘ting: ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling (masalan, ko‘zingizni pirpirating, boshingizni buring yoki eging).
Tekshirish jarayonigataxminan 15 daqiqa ketadi. Muvaffaqiyatli tasdiqlangandan so‘ng, email va Binance ilovasigabildirishnoma olasiz.

Endi akkauntingiz to‘liq faollashtirildi! ✅
3. Binanceda so‘mdagi hisobni qanday to‘ldirish mumkin?
Muvaffaqiyatli tekshiruvdan so‘ng, siz balansingizga UZSda mablag‘ kiritishingiz mumkin. "Savdo" → "Spot"bo‘limiga o‘ting.
UZS valyutasini va qulay to‘ldirish usulini tanlang:
- Bank kartasi
- CoinPay bilan integratsiyalashgan milliy to‘lov tizimi
⚠ Bu muhim! O‘zbekistonda Binance P2P platformasidan foydalanish taqiqlangan. Barcha mablag‘larni kiritish va yechib olish operatsiyalarini faqat CoinPay rasmiy kanallari orqali amalga oshirish mumkin.
To‘ldirish komissiyalari
To‘ldirish usuli | Valyuta | Коmissiya | Izohlar |
Kripta hamyon | BTC | 0% | Tashqi hamyon orqali to‘ldirish (Bitcoin) |
UzCard/Humo kartasi | UZS | 3.5% | Milliy valyutadagi eng oson to‘ldirish usuli |
Visa/Mastercard kartasi | EUR | 2% | Boshqa valyutada ham konvertatsiya mavjud |
Agar siz 1 mln. so‘m sarmoya kiritishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, komissiyani hisoblab chiqamiz:
- To‘ldirish komissiyasi:
1 000 000 so‘m × 3,5% = 35 000 so‘m
2. Bitkoin xaridi uchun komissiya:
1 000 000 so‘m × 0,2% = 2 000 so‘m
3. Umumiy komissiya:
35 000 + 2 000 = 37 000 so‘m
✅ Xulosa: 1 000 000 so‘mga to‘ldirib, bitkoin xarid qilganda, komissiya 37 000 so‘mni tashkil etadi.