РУ
O’Z
UZS
/
/
2024-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 29 foizga oshdi
20.01.2025

2024-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 29 foizga oshdi

2024-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 29 foizga oshdi

2024-yilda Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari 2023-yilga nisbatan 3,4 mlrd dollar (30 foiz)ga koʻpayib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Mablagʻlarning 77 foizi Rossiyadan kelib tushdi. Buyuk Britaniyadan oʻtkazmalar 83 foizga, Janubiy Koreyadan 56 foizga, AQSHdan 35 foizga hamda YIdan 32 foizga oshdi.

2024-yilda Oʻzbekistonga kelib tushgan pul oʻtkazmalari oʻtgan yilga nisbatan 30 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga koʻpayib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan jismoniy shaxslar valyuta operatsiyalari boʻyicha sharhda maʼlumot berilgan.

Mablagʻlarning 77 foizi Rossiyadan (11,5 mlrd dollar) kelib tushgan boʻlib, bu mamlakatdan oʻtkazmalar 2023-yilga nisbatan 29 foizga koʻpaygan. Bu transfertlarning qolgan qismi Qozogʻiston (795 mln dollar), AQSH (577 mln dollar), Janubiy Koreya (534 mln dollar), Turkiya (405 mln dollar), Buyuk Britaniya (135 mln dollar) va boshqa mamlakatlardan oʻtkazilgan.

Markaziy bank 2024-yilda Oʻzbekistonga kelib tushgan pul oʻtkazmalari hajmining 2023-yilga nisbatan oʻsishini mehnat migratsiyasi yoʻnalishida kuzatilgan ijobiy tendensiyalar, xususan migrantlarni qabul qiluvchi mamlakatlarda iqtisodiy faollik, ishchi kuchiga talab va ish haqlarining oshishi hamda migratsiya geografiyasi tarkibida yuqori daromadli mamlakatlar ulushining ortishi bilan izohlangan.

Shuningdek, mazkur mablagʻlarning oylar kesimi boʻyicha tahliliga koʻra, 2024-yilda oʻtkazmalar dinamikasining shakllanishiga mehnat migratsiyasi bilan bogʻliq mavsumiylik omili bilan birga mehnat muhojirlari faoliyat yuritadigan anʼanaviy mamlakatlarda milliy valyuta kursidagi tebranishlar ham taʼsir koʻrsatgan.

2024-yilda 2023-yil bilan solishtirganda Oʻzbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi Buyuk Britaniyadan 83 foizga, Janubiy Koreyadan 56 foizga, AQSHdan 35 foizga hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 32 foizga oʻsgan.

Bu davrda jismoniy shaxslarga kelib tushgan mablagʻlarning 8,2 mlrd dollari anʼanaviy xalqaro pul oʻtkazma tizimlari orqali (2023-yilga nisbatan oʻsish 14 foiz), 5,9 mlrd dollari xorijdan jismoniy shaxslarning bank kartalariga toʻgʻridan-toʻgʻri (P2P) oʻtkazmalar orqali (oʻsish 51 foiz) hamda 774 mln dollari bank oʻtkazmasi (SWIFT) orqali (oʻsish 2,1 barobar) amalga oshirilgan.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.