1
РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
Air China Toshkent va Pekin o‘rtasida bevosita aviaqatnovlarni boshladi
21.07.2025

Air China Toshkent va Pekin o‘rtasida bevosita aviaqatnovlarni boshladi

Air China Toshkent va Pekin o‘rtasida bevosita aviaqatnovlarni boshladi

Air China aviakompaniyasi Pekin hamda Toshkent shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Xitoyning ushbu aviakompaniyasiga tegishli ilk reys 19-iyul kuni soat 19:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Air China ilk bor O‘zbekiston aviabozoriga kirib, Pekin—Toshkent—Pekin yo‘nalishida muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Ushbu reyslar haftasiga uch kun — seshanba, payshanba va shanba kunlari bajariladi.

2024-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan C5+1 formatidagi fuqaro aviatsiyasi konferensiyasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida haftalik aviaqatnovlar sonini 100 taga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Shuningdek, parvozlarni amalga oshiruvchi kompaniyalar sonini ikki baravar ko‘paytirish rejalashtirilgan edi.

Shartnomaga ko‘ra, Xitoy aviakompaniyalari mamlakatning istalgan shahridan O‘zbekistonning xalqaro aeroportlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston aviakompaniyalari uchun Xitoyda ochilgan aeroportlar soni 12 taga yetkaziladi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.