11.08.2025
Yangi “O‘rgimchak odam”ning suratga olish jarayonidan rasmiy video paydo bo‘ldi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Sony studiyasi Internetda “O‘rgimchak odam: mutlaq yangi kun” blokbasterining birinchi suratga olish kunidan rasmiy videoni e’lon qildi. Kinokomiks 2026-yil 31-iyulda xorijda namoyish etiladi.
Tom Holland Piter Parker roliga qaytdi. Filmda Zendeya, Sedi Sink, Jon Berntal (Jazochi) va Mark Ruffalo (Xalk) ham rol o‘ynagan. Suratga olish ishlari Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
“Bu safar negadir boshqacha. Bundan tashqari, ilk bor suratga olish maydonchamizda muxlislar paydo bo‘ldi. Bu lahzani ular bilan baham ko‘rish juda hayajonli”, — deydi Xolland videoda.
Film rejissyori Destin Daniel Kreton (“Shan-Chi va o‘n uzuk afsonasi”). Syujet tafsilotlari hozircha noma’lum.