Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
2024-yilning eng yuqori daromad keltirgan filmlari eʼlon qilindi
25.11.2024

2024-yilning eng yuqori daromad keltirgan filmlari eʼlon qilindi

2024-yilning eng yuqori daromad keltirgan filmlari eʼlon qilindi

2024-yilda premyera qilingan va eng yuqori daromad keltirgan filmlar roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqda “Total Film” xabar berdi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Qayd etilishicha, tarixda ilk bor eng koʻp pul ishlagan 10 ta filmning barchasi sikvellar boʻlgan. Jumladan, birinchi oʻrinni 1,698 milliard dollar bilan “Boshqotirma 2”, ikkinchi oʻrinni 1,337 millard dollar toʻplagan holda “Dedpul va Rossomoxa”, uchinchi pogʻonani esa 967 million dollar daromad bilan “Yaxshi boʻlish osonmi 4” kinokartinalari egallagan.

Bundan tashqari, oʻnlikdan “Dyuna 2” (712 million dollar), “Godzilla va Kong” (571,7 million dollar), “Kung Fu Panda 4” (500 million dollar) “Bitljus Bitljus” (451 million dollar), “Venom: Soʻnggi raqs” (435 million dollar), “Yomon yigitlar 4” (404,4 million dollar) va “Maymunlar sayyorasi: Yangi qirollik” (397 million dollar) kinokartinalari ham oʻrin oldi.

Maʼlumotlarga koʻra, yil oxirigacha reytinga “Yovuz: Gʻarb jodugari haqida ertak” musiqiy filmi ham kirishi mumkin. Kinokartina shu haftada premyera qilindi va hozirgacha 164 million dollar daromad koʻrdi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.