РУ
O’Z
UZS
/
/
“Key-pop iblis ovchilari”ning davomi 2029-yilda chiqishi mumkin
07.11.2025

“Key-pop iblis ovchilari”ning davomi 2029-yilda chiqishi mumkin

“Key-pop iblis ovchilari”ning davomi 2029-yilda chiqishi mumkin

Netflix platformasi shov-shuvga sabab bo‘lgan “Jin ovchilari” (K-Pop Demon Hunters) animatsion filmning davomini rasman tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, yangi qism 2029-yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Asl multfilm platformada tomosha soni bo‘yicha rekord o‘rnatgan — 325 million marotaba tomosha qilingan. Bu ko‘rsatkich Netflix’ning barcha original loyihalari orasida eng yuqori natijalardan biridir.

Syujet Koreyaning mashhur Huntrix key-pop guruhi a’zolari hayoti haqida hikoya qiladi. Bo‘sh vaqtlarida qizlar sehrli qo‘shiqlar va xoreografiya yordamida jinlarni ovlaydi, parallel olamdan kelgan mavjudotlar bilan kurashadi.

Tanqidchilar asarni iliq kutib olishdi — Rotten Tomatoes saytida loyiha 95% ijobiy bahoga ega bo‘lgan. Film xalqaro kinoprokatda ham muvaffaqiyat qozonib, 24,4 million dollar daromad keltirdi.

Netflix vakillari yangi qismda yanada kengroq olam, yangi obrazlar va musiqiy sahnalar bo‘lishini va’da qilmoqda. Muxlislar esa “Huntrix” jamoasining yangi sarguzashtlarini intiqlik bilan kutmoqda.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.