Futbol tarixidagi eng yaxshi seyv sohibi aniqlandi. Buffon 6-oʻrinda. Yetakchi kim?
Britaniyaning nufuzli GiveMeSport portali futbol tarixidagi eng yaxshi seyvlar reytingini yangiladi.
Reytingning birinchi oʻrnini 1970-yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya terma jamoasi darvozaboni Gordon Benksning seyvi egalladi. Benks afsonaviy Pelening bosh zarbasini qaytardi va bu seyvni koʻplab nashrlar “asr qutqaruvi” deb atashdi.
Reytingning ikkinchi pogʻonasini argentinalik darvozabon Emiliano Martinez egalladi. U 2022-yilgi Jahon chempionati finalining soʻnggi soniyalarida Randal Kolo Muanining zarbasini qaytarib, Argentina terma jamoasini magʻlubiyatdan saqlab qoldi.
Reytingning uchinchi oʻrni 1973-yilgi Angliya kubogi finalida “Lids”ga qarshi oʻyinda Jim Montgomeri va uning seyviga nasib etdi.
Reytingning oʻntaligiga afsonaviy darvozabonlar Janluiji Buffon va Iker Kasilasning seyvlari ham kirdi.
Bundan oldin, tarixdagi eng koʻp unvonlarga ega boʻlgan futbolchilar reytingi eʼlon qilingan edi.
GiveMeSport tomonidan tuzilgan futbol tarixidagi eng yaxshi seyvlar reytingi