верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
7–9-dekabr kunlari hafta oxirlarida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: qor yogʻishi kutilmoqda
05.12.2024

7–9-dekabr kunlari hafta oxirlarida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: qor yogʻishi kutilmoqda

7–9-dekabr kunlari hafta oxirlarida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: qor yogʻishi kutilmoqda

“Oʻzgidromet” joriy ish haftasining yakunida respublika boʻylab qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi. Harorat ancha sovuq boʻlishi va qor yogʻishi kutilmoqda.

image

Qanday qilib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin

icon
Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Havo biroz bulutli boʻladi, 7-dekabrda baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin, 8-9-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq; 8-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 9-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.

Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 7-dekabrda baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin, 8-9-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq; 8-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 9-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 8-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda kuchsiz qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 8-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 9-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida 7-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 8-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 9-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 7 va 9-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 8-dekabrda baʼzi joylarda kuchsiz qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 8-dekabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq- 2° iliq; 9-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-dekabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliq, 8-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 9-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 7 va 9-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 8-dekabrda baʼzi joylarda kuchsiz qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 8-dekabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 9-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 7-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 8-9-dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 8-dekabrda kechasi va kunduzi 5-10° sovuq; 9-dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.

Bu qiziq

Qanday qilib uydan chiqmasdan turib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin?
Qanday qilib uydan chiqmasdan turib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin?
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.