Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Abduqodir Husanovning narxi Avstraliya, Qatar va BAA terma jamoalaridan qimmatroq
13.01.2025

Abduqodir Husanovning narxi Avstraliya, Qatar va BAA terma jamoalaridan qimmatroq

Abduqodir Husanovning narxi Avstraliya, Qatar va BAA terma jamoalaridan qimmatroq

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” klubiga oʻtmoqda. Transfer uchun toʻlanadigan 40 million yevro uni Osiyoning eng kuchli jamoalari futbolchilarining umumiy qiymatidan ham qimmatroq qiladi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Turli ishonchli manbalarning xabar berishicha, klub rahbariyati va futbolchi oʻrtasida kelishuvga erishilgan boʻlib, Abduqodir yaqin kunlarda “Manchester Siti”da tibbiy koʻrikdan oʻtadi.

Futbolchi uchun toʻlanadigan 40 million yevro koʻplab Osiyo terma jamoalarining umumiy qiymatidan yuqori. Xususan, Avstraliya terma jamoasi tarkibining qiymati 39 million yevro, BAA (35 million yevro), Qatar (18,9 million yevro) va Saudiya Arabistoni (18,8 million yevro) terma jamoalarinikidan ortiq.

Taʼkidlash joizki, ilgari koʻp hollarda faqat Yaponiya va Janubiy Koreyalik futbolchilar uchun katta miqdorda pul toʻlanar edi. Biroq soʻnggi paytlarda oʻzbekistonlik futbolchilar ham Yevropa futbolida ommalasha boshladi. Eslatib oʻtamiz, avvalroq Eldor Shomurodov uchun “Roma” deyarli 18 million yevro toʻlagan edi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.