верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Xitoylik 92 yoshli ayolning har kungi otjimaniyasi hammani hayratda qoldirmoqda
13.06.2025

Xitoylik 92 yoshli ayolning har kungi otjimaniyasi hammani hayratda qoldirmoqda

Xitoylik 92 yoshli ayolning har kungi otjimaniyasi hammani hayratda qoldirmoqda

Xitoyning markaziy Xunan viloyatida yashovchi 92 yoshli Li familiyasidagi buvi o‘zining jismoniy faolligi bilan butun mamlakatga mashhur bo‘ldi. Uning har kuni muntazam ravishda 200 marta “otjimaniya” qilishi va 100 marta o‘tirib-turishi ko‘pchilikni qoyil qoldirmoqda.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

South China Morning Post'ning yozishicha, buvi haqidagi videolavha televideniyeda namoyish etilgach, unga nisbatan qiziqish yanada oshdi. Muxbirlar uyiga borganida, Li buvi hech ikkilanmasdan ularga o‘z kundalik mashqlarini amalda ko‘rsatib bergan: u karavotda 100 marta o‘tirib-turib, keyin pol ustida 200 marta otjimaniya qilgan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Buvi, shuningdek, chambarak aylantirish bo‘yicha ham o‘zining chaqqonligini namoyon etgan. U o‘zining sog‘lig‘i kundalik jismoniy faollik natijasi ekanini alohida ta’kidlaydi:
“Ehtimol, men bajarayotgan mashqlar texnik jihatdan mukammal emasdir, lekin har kuni buni qilaman va o‘zimni juda yaxshi his qilaman”, — deydi u.

Xitoyda keksa avlod vakillari orasida sport bilan shug‘ullanish keng tarqalgan. Ko‘plab yoshi ulug‘ insonlar ertalab taytszi gimnastikasi bilan shug‘ullanadi, kechqurunlar esa ko‘cha raqslari va ochiq havodagi sport maydonchalarida faol harakatda bo‘lishadi. Li buvi esa ularga ilhom manbaiga aylangan.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.