24.09.2025
Aktyor Alisher Uzoqov havo ifloslanishidan shikoyat qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Taniqli aktyor Alisher Uzoqov Instagram sahifasida obunachilariga murojaat qilib, havo ifloslanishi borasida tashvishini bildirdi.
“Hoy, bu havoni nima qilamiz o‘zi? Nima chora ko‘rish kerak? Odam o‘ldiradigan havo-ku bu”, — deya yozdi u.
Ta’kidlash joizki, hozirda Toshkent havosi ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.
Bu muammo nafaqat Alisher Uzoqovni, balki ko‘plab poytaxt aholisini ham tashvishga solmoqda va zudlik bilan e’tibor hamda qat’iy choralar ko‘rishni talab etmoqda.