Rasman: Tomas Frank “Tottenhem”ning yangi bosh murabbiyi bo‘ldi


Londonning “Tottenhem” klubi daniyalik murabbiy Tomas Frank bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 51 yoshli mutaxassis 2028-yilgacha jamoani boshqaradi.
Klub rasmiy bayonotida Frankning zamonaviy va innovatsion yondashuvga ega murabbiy ekani, futbolchilar salohiyatini ochish hamda jamoaviy o‘yinni shakllantirishda katta tajribaga ega ekani alohida qayd etildi.
Avvalroq matbuotda “Brentford” Tomas Frankni taxminan 12 million yevro evaziga “Tottenhem”ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U klubni Konferensiyalar Ligasida zafarli yurishi orqali uzoq yillik sovrinsizlikka barham bergan Anje Postekogluning o‘rnini egallaydi.
Frank 2018-yildan beri “Brentford”ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa kuchli o‘yinlari bilan Premyer Ligada o‘z o‘rnini mustahkamladi, shuningdek, bir nechta yosh iqtidorlarni yuqori darajaga olib chiqdi.
2024/25-yilgi mavsumda “Tottenhem” APLda 17-o‘rinda, “Brentford” esa 10-o‘rinda yakunladi. Endilikda Tomas Frank “shporlar”ni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qiladi.