O‘zbekistonda havo salqinlashadi: 1–7-sentyabr kunlari uchun ob-havo


2-5-sentyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va kam issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
2 va 3-sentyabrda havo harorati kunduzi 31-34°, kechasi va erta tongda 13-18° bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 2-3° ga ko‘tariladi va kunduz kunlari havo 35-37° gacha isiydi.
Hududning katta qismida shu kunlarda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimolida bulutlilik ortishi kutilmoqda, ammo bu hududda ham quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublikaning ayrim joylarida shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida: kam bulutli. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 2 sentyabrda ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 2-3 sentyabrda kunduzi 31-33°, 4-5 sentyabrda 35-37° bo‘ladi. Kechasi 16-18° iliq, kunduzi 20-22° iliq bo‘ladi.