29.01.2025
                                            
                    
                Andijonda kitob oʻqigan onalarga 6 oylik kommunal toʻlovlar toʻlab beriladi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        Tuman hokimi tashabbusi bilan 20 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan onalar oʻrtasida “Maʼrifatli ona” tanlovi oʻtkaziladi.
Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldashev tashabbusi bilan 20 yoshdan, 45 yoshgacha boʻlgan onalar oʻrtasida “Maʼrifatli ona” kitobxonlik tanlovi oʻtkazilishi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, uch nafar 1-oʻrin egalariga 6 oylik elektr, gaz, ichimlik suvi va boshqa turdagi kommunal toʻlovlarga vaucher beriladi.
- Uchta 2-oʻringa 4 oylik kommunal toʻlovlarga vaucher
- Uchta 3-oʻringa 2 oylik kommunal toʻlovlarga vaucher beriladi.
 
             
         
         
         
     
         
         
         
         
         
         
         
         
         
         
        