“Atletiko” “Botafogo”ni mag‘lub etdi, biroq pley-offga chiqa olmadi


Ispaniyaning “Atletiko” va Braziliyaning “Botafogo” klublari klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 3-turi doirasida o‘zaro to‘qnash keldi.
Raqiblar uzoq vaqt davomida o‘yinda hisobni ocholmadi, ammo Yevropa jamoasi baribir g‘alabani ilib ketdi. Yagona gol muallifi Antuan Grizmann bo‘ldi, unga Xulian Alvares assistentlik qildi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ushbu g‘alaba evaziga “Atletiko” 6 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi, ammo turnir jadvalida uchinchi o‘rinda qoldi va pley-offga chiqa olmadi.
“Botafogo”da ham olti ochko, ikkinchi o‘rin va turnirning 1/8 finaliga yo‘llanma bor. Birinchisi esa "PSJ" bo‘ldi.