верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Barselona” Levandovski uchun munosib o‘rinbosar izlamoqda
26.06.2025 (yangilandi 26.06.2025)

“Barselona” Levandovski uchun munosib o‘rinbosar izlamoqda

“Barselona” Levandovski uchun munosib o‘rinbosar izlamoqda

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni ijaraga olish masalasida rasmiy taklif tayyorlamoqda. Bu haqda The Times nashriga tayanib Championat axborot tarqatdi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Avvalroq OAVda "ko‘k-anorranglilar" Niko Uilyamsning transferini amalga oshira olmasa, Reshfordga murojaat qilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Biroq The Times’ning yozishicha, bu ikki futbolchining transfer jarayonlari bir-biriga bog‘liq emas va mustaqil olib borilmoqda.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Manbaning ta’kidlashicha, har ikkala transfer bo‘yicha muzokaralar alohida yo‘nalishda davom etmoqda va ularning birini amalga oshirish boshqasiga halal bermaydi. “Barselona” bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik Markus Reshfordni markaziy hujum chizig‘ida ko‘rishni xohlamoqda va uni Robert Levandovskining munosib o‘rinbosari sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Reshford 2024/25-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida “Aston Villa” jamoasida ijara asosida to‘p surdi va yozda “Manchester Yunayted” tarkibiga qaytdi. Aytishlaricha, mankunianliklar futbolchini to‘liq transfer qilishga qarshi emas.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.