РУ
O’Z
UZS
/
/
Aktrisa Jamila Gʻofurova shaxsiy hayotiga oid katta sirni oshkor qildi
08.01.2025 (yangilandi 08.01.2025)

Aktrisa Jamila Gʻofurova shaxsiy hayotiga oid katta sirni oshkor qildi

Aktrisa Jamila Gʻofurova shaxsiy hayotiga oid katta sirni oshkor qildi

San’atda biroz muddat tanaffus qilgan, bosh rollarda ko‘rinmay qolgan, ammo iste’dodli, taniqli kino va teatr aktrisasi Jamila G‘ofurova “Darakchi.uz” saytiga intervyu berdi. Intervyu davomida u farzandlari, ikkinchi turmush o‘rtog‘ining katta qizi bilan munosabati hamda o‘g‘lini dunyoga keltirish chog‘ida bir o‘limdan qolgani haqida gapirdi.

“O‘zimga insof so‘rayman, ba’zi harakatlarimni to‘g‘rilashim kerak”

Jamila G‘ofurova avvallari sho‘x-shodon bo‘lgan bo‘lsa-da, endilikda onalik va ayollik vazifalarini to‘liq ado qilyapti. U yil sari ulg‘ayib borayotgani va farzandlari onasi haqida yomon gap eshitmasligi uchun harakat qilishi haqida quyidagicha so‘zladi.

— Birinchi farzandim Shirina katta qiz bo‘lyapti, undan keyin yana bir qizim, o‘g‘lim ham bor — shu vaqtlarda o‘zimga “Endi ulg‘ayishim kerak” deb so‘z berdim. Har kuni o‘zimga yoqmaydigan bir xatoyimni to‘g‘rilab borishga harakat qilaman va Allohdan boshqalarga emas, o‘zimga insof so‘rayman. Qizlarimning orqasidan sovchi kelishini, o‘g‘illarim do‘stlarining yonida bosh ko‘tarib yurishini o‘ylayman. Ulg‘ayayotganim o‘zimga juda yoqyapti, juda ham. Qaniydi hozirgi o‘ylovim 20 yil avval bo‘lganda edi.

Kun kelib to‘rtta farzandning onasi bo‘lishimga, uyda o‘tirib bugun o‘zi qaysi kun, qaysi sana deb qolishimga hech ishonmasdim. Sababi tinib-tinchimaydigan, syomkalardan ortmaydigan, bir tadbirdan chiqib ikkinchisiga yuguradigan qiz bo‘lganman. Ammo tunda farzandlarimning uxlab yotganini ko‘rish juda yoqimli, shu kunlarga yetib kelganimga behisob shukr qilaman, deydi Jamila G‘ofurova.

“Farzandlarim dadasidan qo‘rqadi, bu menga yoqadi”

Aktrisa turmush o‘rtog‘i, uning kimligi va shaxsiyati haqida gapirishni yoqtirmaydi, ammo o‘zining suyukli rafiqa, sevimli ona va og‘ir-bosiq uy bekasi bo‘lishida erining o‘rni to‘g‘risida gapirib o‘tdi. U nafaqat o‘ziga turmush o‘rtoq, balki qizi Shirina uchun ham uni o‘z farzandidek ko‘radigan ota tanlashi kerak bo‘lgan.

— Turmush o‘rtog‘im qattiqqo‘l inson. Bu qo‘rquvda yashamayman, degani emas, ularni hurmat qilaman. Aynan shu jihatlarga menga ko‘p asqatadi — uyga kirib kelganlaridan so‘ng farzandlarim 99 foizga o‘zgaradi, uyimizda boshqa muhit paydo bo‘ladi. Rosti, o‘sha vaqtda men dam olaman. Farzandlarim dadasidan qo‘rqadi, bu menga yoqadi. Uyimizdagi har bir ish erimning roziligi bilan bo‘ladi.

Biz oilada besh farzand bo‘lganmiz, ko‘pchilikning ichida katta bo‘lganim sababli o‘zimning oilam ham katta bo‘lishini xohlardim. Mana turmushga chiqdim, farzandlarimni ko‘paytirdim. Erim qattiqqo‘lligini aytdim, hadeb urush-janjal bo‘laversa oila ajrashib ketishi mumkin. Jahli tez deb ajrashib ketavermayman-ku. Shu sababli biz kelishib olganmiz — erim jahlda payti men og‘irroq bo‘lib turaman.

Erkaklar san’atkor ayolga uylanayotganda uning san’at vakili ekanini bilib uylanadi-yu, ammo keyinchalik baribir ayolini o‘zgartirmoqchi bo‘ladi. Turmush o‘rtog‘imga meni o‘zgartirishga harakat qilmang, men sizni boringizcha qabul qilib yashab kelyapman-ku, deyman. Meni o‘zgartirishga urinmang, meni borimcha qabul qilsangiz biz judayam chiroyli oila bo‘lamiz. Men o‘zimni yaxshi his qilaman, siqilmayman, bolalarga ham yetarli mehrimni beraman va o‘z ishimni ham sevib qilaman — qarabsiz-ki, mendan baxtli ayol yo‘q, deb ko‘p takrorlayman, dedi aktrisa.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.