Son Xyon Min “Tottenhem”ni tark etishi mumkin


Londonning “Tottenhem” klubi hujumchisi Son Xyon Min yozgi transfer davrida jamoani tark etishga yaqin turibdi. Jurnalist Mett Louning xabariga ko‘ra, klub ichida futbolchining ketish ehtimoli haqida mish-mishlar tarqalayotganini aytishmoqda.
“Daily Mail” nashrining yozishicha, Son Xyon Minga Saudiya Arabistoni klublaridan jiddiy takliflar tushgan. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, janubiy koreyalik futbolchi faoliyatini Osiyo qit’asida davom ettirishi mumkin.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Futbolchining o‘zi esa “Tottenhem”dan ketish ehtimoli haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:
Menda hali bir yillik shartnoma mavjud. Hozircha qolamanmi yoki ketamanmi — bu borada aniq fikr bildira olmayman. Biroq qaerda bo‘lishimdan qat’i nazar, har doim bor kuchim bilan harakat qilaman.
Son Xyon Min 2015-yildan beri “Tottenhem” safida to‘p surmoqda. O‘tgan mavsum davomida u barcha musobaqalarda jami 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 12 ta golli pas berdi. 32 yoshli hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil iyunigacha mo‘ljallangan.
Shunga qaramay, “Tottenhem” joriy mavsumni Angliya Premyer ligasida 17-o‘rinda yakunladi. Biroq Yevropa Ligasida zafar quchib, kelasi mavsum Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.