22.08.2025
Bloger Kamol Qahhorov YouTube`da 1 million obunachiga ega bo‘ldi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Taniqli bloger Kamol Qahhorov o‘zining YouTube kanalida 1 million obunachi chegarasini zabt etdi. U bu haqda Instagram sahifasida video joylashtirish orqali o‘z auditoriyasiga xabar berdi.
Videoda Kamol do‘stlari bilan birga hisoblagichni sabrsizlik bilan kuzatib, yirik raqamni intizorlik bilan kutishganini ko‘rish mumkin.
Obunachlar soni bir millionga yetishi bilan, do‘stlari quvonch bilan Kamolni quchoqlab tabrikladi. Bloger bu muhim yutuqni nishonlab, limon yedi.
Muxlislar izohlar bo‘limida o‘z tabrik va tilaklarini faol bildirdi. Ular blogerga yanada katta muvaffaqiyatlar va blogda yanada o‘sishni tilamoqda.