Bloger Mubinlolo ochiq libosi sabab tanqidlarga uchradi
Mashhur bloger Mubina hamkasbi Azajony’ning to‘yida kiygan ochiq libosi tufayli ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan tanqidlarga munosabat bildirdi. U bu haqda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
To‘y marosimiga qiz chuqur ko‘krak qismi ochiq qora ko‘ylak kiyib borgan. Salbiy fikrlarga javob berar ekan, Mubina haqiqatan ham libosi yopiqroq bo‘lishi mumkinligini tan oldi: “Ba’zilar agar libos biroz yopiqroq bo‘lganida, yanada chiroyliroq ko‘rinishi mumkinligini aytishdi. Ha, men bunga qo‘shilaman”.
O‘z tanlovini tushuntirar ekan, bloger ko‘ylakni to‘ydan atigi bir kun oldin xarid qilganini aytdi: “Rasmlarda ko‘ylak butunlay boshqacha ko‘rinardi.
To‘ydan bir kun oldin sotib olgan ko‘ylagimni kiyib ko‘rganimda, u butunlay boshqacha... juda ochiq ko‘rinardi. Endi nima ham qila olardim, bir kun qolgan, hech narsani o‘zgartirishga ulgurmadim”, — deya izoh berdi Mubina.