O‘zbekistonda CitiBank AS vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tkazildi


O‘zbekiston Markaziy banki Turkiyaning CitiBank AS banki vakolatxonasini rasmiy tarzda akkreditatsiya qildi. Bu haqda regulyatorning matbuot xizmati orqali xabar berildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu vakolatxona mamlakat moliya sektorini o‘rganish hamda davlat organlari va moliyaviy institutlar bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Markaziy bankning ro‘yxatida qayd etilishicha, vakolatxona akkreditatsiyasi 2028-yilning 9-iyuligacha amal qiladi. Uning rahbari etib Abbos Jo‘rabaev tayinlangan. Biroq hozircha vakolatxonaning aniq manzili oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil iyun oyida CitiBank’ning bosh kompaniyasi — Citigroup, yaqin orada Toshkentda vakolatxona ochib, O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida ekani haqida ma’lumot bergan edi.