23.07.2025
(yangilandi 23.07.2025)
Bloger Sevinchka cho‘milish kiyimidagi suratlarini e’lon qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Bloger Sevinchka yana bir bor jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratdi. U ijtimoiy tarmoqlarda cho‘milish kiyimidagi bir qator ochiq suratlarini joylashtirdi.
Bu lavhalar bir zumda tarmoq bo‘ylab tarqalib, uning obunachilari orasida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi.
Yangi suratlarda bloger zebra naqshli cho‘milish kiyimida ko‘rinish bergan, o‘z qiyofasini zamonaviy quyosh nuridan himoyalovchi ko‘zoynak bilan to‘ldirgan.

Sevinchka bunday suratlarni birinchi marta e’lon qilayotgani yo‘q. Ilgari ham u Dubayga safari paytida cho‘milish kiyimida tushgan suratlarini obunachilariga ulashgan edi.