17.11.2024
                                            
                    
                Oʻzbekistonliklar bugun noyob hodisaning guvohi boʻladi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        Osmonda uzoq kutilgan noyob hodisa sodir boʻladi. Buni Oʻzbekistonda turib ham kuzatish mumkin.
Oʻzbekistonliklar bugun, 19-noyabr kuni kechasi yulduzlar yogʻilishini kuzatishlari mumkin. Soatiga 15 tagacha “uchayotgan yulduz”ni koʻrish imkoniyati mavjud
17-noyabrdan 18-noyabrga oʻtar kechasi Leonidlar meteor oqimi oʻzining eng yuqori nuqtasiga yetadi. Uni yarim tundan keyin va quyosh chiqishiga qadar kuzatish maqsadga muvofiq.
Oy yorugʻligi kuzatishga xalaqit berishi mumkin, lekin harakat qilib koʻrish kerak, chunki astronomlarning bashoratiga koʻra, bunday manzara faqat 2099-yilda yana takrorlanishi mumkin.

 
             
         
         
         
     
         
         
         
         
         
         
         
         
         
         
        