Denni Boyl “Xarobadan chiqqan millioner” filmini suratga olganidan afsusda


Britaniyalik rejissor Denni Boyl o‘zining "Xarobadan chiqqan millioner" filmiga ta’na qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi voqelikda "Millioner" madaniy o‘zlashtirish va mustamlakachilik merosi tufayli suratga olinmagan bo‘lardi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

"Bugun uni suratga ololmasdik. Bu yaxshilikka ham. Biz o‘zimiz bilan olib ketayotgan madaniy yukimizga, dunyoda qoldirgan izimizga nazar tashlashimiz kerak. [...] Men film bilan faxrlanaman, lekin bugun siz bunday narsani qilish haqida o‘ylashingiz ham mumkin emas. Bunga mablag‘ ham ajratilmasdi. Loyihada ishtirok etgan taqdirimda ham suratga olish uchun yosh hind rejissyorini izlagan bo‘lardim," - dedi Boyl The Guardian nashriga bergan intervyusida.
Boyl filmi 2008-yilda chiqarilgan. Syujet "Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?" teleo‘yinida ishtirok etayotgan Mumbaylik yetim (Dev Patel) haqida edi. Kartina 278 million dollar yig‘di va sakkizta "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritdi (shu jumladan, rejissyorlik ishi uchun). O‘tgan yili lenta asosida to‘liq metrajli sikvel va teleserial ishlab chiqilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Bu hafta Boyl "28-yildan keyin" nomli dahshatli zombi filmini dunyoga namoyish etdi.