Eminem “Stans” hujjatli filmining anonsini taqdim etdi


EminemMusic YouTube kanalida “Stans” nomli hujjatli filmning anonsi paydo bo‘ldi. Film markazida amerikalik reper Eminem va uning muxlislari turibdi. Film premyerasi 7-avgust kuni bo‘lib o‘tadi, biroq uni faqat bir hafta oxiri davomida tomosha qilish imkoni bo‘ladi.
Film san’atkorning muxlislar olamidagi haqiqiy voqealarni hikoya qiladi va ijtimoiy tarmoqlarning san’atkorlar hamda ularning tinglovchilari o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sirini yoritadi. Eminem shaxsan ishlab chiqqan ushbu loyiha uning 2000-yildagi mashhur “Stan” qo‘shig‘iga ishora qiladi. Bu qo‘shiq telbalarcha muxlis haqidagi hikoya bo‘lib, pop-madaniyatda afsonaviy ahamiyat kasb etgan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

“Stans” ilk bor 2025-yil boshida Londondagi SXSW kinofestivalida namoyish etilgan. Rejissyor Stiven Lekart bo‘lib, u o‘z so‘zlariga ko‘ra, musiqiy hujjatli film formatini yangitdan talqin qilishga harakat qilgan. Lekart nafaqat Eminemning karyerasini, balki uning eng sodiq muxlislarining hayotini ham tadqiq etadi.
“Men 80-90-yillarning hip-hopi va MTV ta’sirida ulg‘ayganman, Eminemning yuksalishiga guvoh bo‘lganman. ’Stan’ qo‘shig‘i menga har doim g‘ayrioddiy tuyulardi — aynan u meni ushbu filmni yaratishga ilhomlantirdi”, — deydi rejissyor.