верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Endi Toshkent—Xo‘jakent kabi shahar atrofida harakatlanuvchi poyezdlar biletini onlayn olish mumkin
05.05.2025

Endi Toshkent—Xo‘jakent kabi shahar atrofida harakatlanuvchi poyezdlar biletini onlayn olish mumkin

Endi Toshkent—Xo‘jakent kabi shahar atrofida harakatlanuvchi poyezdlar biletini onlayn olish mumkin

O‘zbekistonda shaharlararo harakatlanuvchi, jumladan, Toshkent — Xo‘jakent kabi poyezdlarga chiptani onlayn xarid qilish imkoni yaratildi. Biletlar elektropoyezd.uz saytida faqat joriy kun uchun sotiladi. Ularni saqlab qo‘yish va poyezd kuzatuvchisiga ko‘rsatish zarur.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

O‘zbekistonda shaharlar atrofida harakatlanadigan poyezdlarga chiptalarni onlayn olish imkoni yaratildi, deya xabar berdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati.

Elektron chiptani elektropoyezd.uz platformasi orqali xarid qilish mumkin. Buning uchun mazkur saytdan ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.

Kompaniya matbuot kotibi Alisher Baltabayevning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, hozirda shahar atrofi (prigorod) qatnovlarida chiptalar faqat joriy kun uchun sotiladi.

“Chipta xarid qilingach, sizga elektron chiptada sana va vaqt ma’lumotlari aniq ko‘rsatiladi. Bunday qatnovlarda o‘rinlar soni hisobga olinmaydi va umumiy vagon tizimida amalga oshiriladi. Agar siz chipta sotib olgan bo‘lib, poyezdingiz to‘lib qolgan bo‘lsa, shu kunning davomida keyingi shunga o‘xshash poyezdga o‘sha chipta bilan chiqishingiz mumkin”, — deya tushuntirdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” vakili.

Kompaniya elektron chiptani saqlab qo‘yish va poyezd kuzatuvchisiga uni elektron ko‘rinishda taqdim etish kerakligini eslatdi.

Quyidagi videoda uni qanday sotib olish hamda ro‘yhatdan o‘tish tartibi ko‘rsatilgan:

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.