19.04.2025
(yangilandi 19.04.2025)
“Ummon” guruhi yana tiklanadimi? Rasman javob berildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Zohid ayni vaqtda Turkiyaning Istanbul shahrida davolanayotgani xabar berilgandi. Uning ayoli murojaat bilan chiqdi.
Bloger Kamola Artikova eri bilan Turkiyaga ketayotganini aytib, uning muxlislaridan duo soʻragan. Shu jarayonda u “Ummon” tiklanishiga ishora qilgan.
Bu haqda guruhning doimiy uslubchisi, sartarosh Akmal Tamo ham alohida video ishlab, guruh faoliyati tez orada tiklanishi mumkinligini yozdi.
Shohruh bu yangilikka hozircha izoh bermagan. Avvalroq Zohid Jasur vafotidan soʻng “Ummon” hech qachon avvalgidek boʻlmasligini taʼkidlagandi.