O‘zbekistonda 28-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
“O‘zgidromet” 28-oktyabr, seshanba kuni respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyati
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
Surxondaryo viloyati
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.