верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor”
25.05.2025 (yangilandi 25.05.2025)

FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor”

FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor”

FIFA prezidenti Janni Infantino IShowSpeed YouTube kanalida intervyu berdi. U mazkur suhbatda iyun-iyul oylari AQSHda o‘tkaziladigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Krishtianu Ronalduning qatnashish ehtimoli haqida gapirdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Mashhur strimer va Ronalduning ashaddiy muxlisi bo‘lgan Speed portugaliyalik futbolchining turnirda ishtirok etishi ehtimoli haqida savol berdi, Infantino esa bu mumkinligini istisno qilmadi:

Krishtianu Ronaldu ushbu jamoalardan birida to‘p surishi mumkin. Ba’zi klublar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Shunday ekan, agar buni o‘qiyotgan yoki videoni tomosha qilayotgan klublar bo‘lsa, Ronalduni Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga jalb qilishingiz mumkin. Hali vaqt bor, deydi FIFA prezidenti.

Uzoq yillardan beri Infantino ushbu turnirni kengaytirish ustida ish olib bormoqda. Biroq uning ommalashtirilishi unchalik katta muvaffaqiyat qozonmagan. Dunyodagi eng kuchli klublari va futbolchilarining ishtirokiga qaramay, bu musobaqaga qiziqish hamon pastligicha qolmoqda.

Infantino esa turnir boshlanishiga bir oy qolganida uni targ‘ib qilish uchun hattoki Ronalduning transferi haqidagi mish-mishlardan ham foydalanmoqda, deyiladi Goal nashrida.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.