Hamdam Sobirov yangi klip premyerasini e’lon qildi


O‘zbekistonlik xonanda Hamdam Sobirov o‘zining Instagram sahifasida “Atirgul” nomli yangi qo‘shiq va klip premyerasini e’lon qildi.
Klip syujeti Hindistonlik yigit va qozog‘istonlik qiz o‘rtasidagi ta’sirli muhabbat qissasi atrofida qurilgan. Premyera 22-avgust kuni san’atkorning rasmiy YouTube kanalida namoyish etiladi.
So‘nggi yillarda Hamdam Sobirov o‘zining hit qo‘shiqlari bilan katta shuhrat qozondi. “Janze”, “Malohat”, “Nazira”, “Yomg‘ir” kabi asarlari YouTube`da yuz millionlab ko‘rishlar soniga erishdi. Uning musiqasi butun dunyo bo‘ylab millionlab tinglovchilar qalbidan joy olmoqda, bu esa statistik ma’lumotlar bilan ham tasdiqlanadi.
NevoMusic platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, xonandaning barcha kliplari ko‘rishlar soni 5 milliarddan oshgan bo‘lib, bu uni O‘zbekistondagi eng mashhur va ko‘p tomosha qilingan ijodkorlardan biriga aylantirdi.