Yaponiya internet tezligi boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi
Yaponiya Milliy Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari instituti (NICT) olimlari maʼlumotlar uzatishda yangi marraga erishib, sekundiga 402 terabit (Tbps) tezlikni oʻrnatdi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.
Yangi tezlik Buyuk Britaniyaning keng polosali ulanish tezligidan besh million marta tezroq. Bu koʻrsatkich bir soniyada 12 500 ga yaqin filmlarni yuklab olish imkonini beradi.
Ushbu natijaga erishish uchun yaponiyalik mutaxassislar yangi texnikadan foydalanishdi, buning natijasida ilgari foydalanilmagan toʻlqin uzunligi diapazonlaridan foydalanish mumkin boʻldi.
Rekord laboratoriya sharoitida oʻrnatilganiga qaramay, olimlar transokeaniya masofalariga maʼlumotlarni uzatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga umid qilishmoqda.