верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Hojimat Erkinov O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga chaqirildi
18.03.2025

Hojimat Erkinov O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga chaqirildi

Hojimat Erkinov O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga chaqirildi

Birlashgan Arab Amirligining “Al-Vahda” klubi futbolchisi Hojimat Erkinov O‘zbekiston terma jamoasining mart oyidagi yig‘iniga chaqirildi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

O‘zbekistonning mart oyidagi yig‘inga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxati 12-mart kuni e’lon qilingan edi. Ammo Hojimat Erkinov nima sababdan keyinchalik tarkibga qo‘shilgani haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Turkiya chempionatida o‘ynaydigan Husniddin Aliqulov ham jarohat olib, martdagi yig‘inni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan edi. Uning o‘rniga “Nasaf” himoyachisi G‘olib G‘aybullayev termaga chaqirildi.

O‘zbekiston terma jamoasi 17-mart, dushanba kunidan mashg‘ulotlarga kirishgan edi. Ular 20-mart kuni Jahon Chempionati saralash uchrashuvlari doirasida Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib borsa, 25-mart kuni safarda Eronga qarshi maydonga tushadi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.