Taniqli instablogerlar Djessme va Firdavs ajrashdi


Bloger Djessme va Firdavs ajrashganga o‘xshaydi. Juftlikning ajrashgani haqidagi mish-mishlar bloger o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida g‘amgin video joylashtirganidan so‘ng tarqaldi.
Djessme videoga: “Sevgi ko‘zlar haqiqatni ko‘rmaydi. Faqat xiyonatdan keyin ko‘zlar ochiladi”, degan izoh qoldirdi.
Uning muxlislari izohlar bo‘limida ularning munosabati tugaganini faol muhokama qilmoqda. Blogerlar Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bir-birini o‘zaro kuzatishni to‘xtatgani ham bunga qo‘shimcha dalil bo‘ldi.
Bu voqealar internetda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. Uzoq vaqt davomida birgalikdagi hayotlaridan lavhalar ulashib kelgan juftlik to‘satdan birga ko‘rinmay qoldi.
Qizning so‘nggi postlari esa jamoatchilikning ularning ajralishiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirgandi.